“PARVOZTEKS” MCHJ

“PARVOZTEKS” MCHJ 2018 yil 6 martda 586930-son bilan Buxoro shahrida ro`yxatdan o`tgan.
Korxona rahbari Barotov Fayzullo Adiz o`g`li
“PARVOZTEKS” MCHJ korxonasi “Bahmal Group ” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi korxona hisoblanadi.
“PARVOZTEKS” MCHJ korxonasi 40 dan ortiq zamonaviy tikuv mashinalariga ega bo`lib 130 ga yaqin ishchi xodimlarni ish bilan ta`minlab kelmoqda.
Korxona tomonidan 10 dan ortiq turdagi yuqori sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi:
Jumladan: 15 xildan oshiq erkaklar, ayollar va bolalar dasro`molchalari, Vafel sochiqlar, zamonaviy gigienik niqoblar, oshxona buyum jamlanmalari, maxsus uniformalar ishlab chiqarilmoqda hamda kelajakda joynamoz, futbolkalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Korxonaning dasro`molcha ishlab chiqarishdagi oylik ish hajmi 1.7-2 million donani tashkil etadi.
“PARVOZTEKS” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Ukraina, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston mamlakatlariga eksport qilinadi va hozirgi vaqtda Afrika qit`asining Nigeriya va Benin davlatlari va Afg`oniston Islom Respublikasi bilan mahsulot eksporti yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Korxona o`zining doimiy mijozlarini doim iy qo`llab quvvatlaydi va hamisha yangi mijozlarni hamkorlikka chorlab qoladi.

Ishchi xodimlar